
MYu va "Chelsi"ning "ishqi" bir futbolchiga tushdi
"Roma" klubi yarim himoyachisi Nikola Dzanolo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Il Messagero nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ushbu transfer esa 30 million evroga baholanmoqda.
O‘z navbatida, "Roma" rahbariyati jamoaning etakchi a’zolaridan birini qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti. Shu sababli, uni tarkibda saqlab qolish uchun barcha ishlarni amalga oshirmoqchi.
Dzanolo tizzasidan olgan jiddiy jarohat tufayli joriy mavsum birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. U 2018 yildan buyon “Roma” safida to‘p surib kelmoqda. Bungacha u “Inter” safida o‘ynagan.
Fikrlar