MYu va "Latsio" Milinkovich-Savichning bonusi masalasida bir qarorga kela olishmayapti

  • 27.07.2019 17:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Latsio” va “Manchester Yunayted” klublari serbiyalik yarim himoyachi Sergey Milinkovich-Savichning transferi borasida yakuniy kelishuvga erisha olishmayapti.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” ushbu futbolchi uchun rimliklarga 75 mln va unga qo‘shimcha yana 15 mln evro bonus berishmoqchi. Biroq, MYu ushbu bonusni jamoa jiddiy yutuqlarni qo‘lga kiritgan taqdirdagina to‘lashni maqsad qilgan. Masalan Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lsa. O‘z navbatid “Latsio” esa bonuslar nisbatan osonroq, masalan futbolchining maydonda harakat qilgan uchrashuvlariga va shaxsiy natijalariga qarab to‘lanishini xohlamoqda.

Aytish lozimki, agar MYu Milinkovich-Savich bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘lsa, Pol Pogbani “Real”ga qo‘yib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!