
MYu va "Liverpul" o‘rtasidagi bahs o‘z vaqtida o‘tkaziladimi?
"Liverpul" va "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi uchrashuv rejadagidek o‘tkaziladi. Bu haqda klublarning rasmiy sahifalari xabar berdi.
O‘yin xavfsizligiga oid yig‘ilishdan so‘ng, ikkala klub ham uchrashuvning rejalashtirilgandek o‘tkazilishini ma’lum qildi.
"Bugungi "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yin rejaga binoan o‘tkaziladi. Uchrashuvni intizorlik bilan kutmoqdamiz," - deyiladi mersisaydliklar xabarida.
"Yakshanba kuni Angliyaning shimoli-g‘arbida qor yog‘ishi va ob-havoning yomonlashuvi haqida ogohlantirish e’lon qilingan bo‘lsa-da, muxlislarning o‘yinda qatnashishi xavfsiz degan xulosaga kelindi," - deya xabar berdi MYu.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur o‘yin qor yog‘ishi sababli bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.
Fikrlar