
MYu va "Sporting" Bruno Fernandesh transferini rasmiylashtirishga yaqin
"Sporting" yarim ximoyachisi Bruno Fernandesh "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishga yaqin turipti.
Ma’lum bo‘lishicha, jamoalar o‘zaro kelishuvga erishishgan va xujjatlarni rasmiylashtirishga yaqin turishibdi. 2017 yili "Sporting" safiga "Sampdoriya"dan kelib qo‘shilgan va italiyaliklar ushbu transferdan 10% ulush olishga huquqlari bor.
Avvalroq, MYu futbolchiga 50 mln evro taklif qilishganligi ma’lum bo‘lgandi.
24 yoshli yarim ximoyachi o‘tgan mavsumda, 33 ta bellashuv o‘tkazib, 20 ta gol urgan va 13 bor assistentlik qilgan.
Fikrlar