MYu voz kechgan transferga PSJ qiziqmoqda
Endi PSJ ham "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibaliga qiziqib qoldi. Bu haqda Telefoot nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra Frantsiya chempioni 27 yoshli senegalllik futbolchini sotib olish bilan o‘zining himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Biroq, uni sotib olish parijliklarga oson bo‘lmasligi aniq. Chunki, "Napoli" Kulibalini 180 million evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Manchester Yunayted" Kulibaliga jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Biroq, transfer narxining o‘ta yuqoriligi sabab mankuanliklar ushbu rejadan voz kechishgandi.
Ma’lumot uchun, Kulibali o‘tgan mavsum “Napoli” safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar