
Sulsher ba’zi futbolchilarining mavsum davom ettirilishidan qo‘rqayotganini aytdi
"Futbolchilar ruhiy tomondan o‘yinga tayyor emas ekanlar, ularning jismoniy holati haqida gapirishga hojat yo‘q. Albatta, futbolchilar havotir ostida o‘ynay olishmaydi. Biz sog‘liqni saqlash mutaxassislariga ishonamiz. Agar ular xavfsiz ekanligimizni aytishsa qaytishdan xursand bo‘lamiz.
Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Bo‘m-bo‘sh stadionda o‘ynash og‘ir. Ammo futbol to‘liq o‘z holatiga qaytishi uchun sabr qilishga majburmiz. Tez orada xavfsizlikda futbol o‘ynay boshlashimizga ishonaman", - deydi norvegiyalik mutaxassis.
Fikrlar