
MYu yana bir transfer rejasidan voz kechdi
"Manchester Yunayted" "Nyukasl" yarim himoyachisi Shon Longstaff transferidan voz kechdi. Bu haqida MEN nashri o‘z manbasiga tayangan holda xabar tarqatmoqda.
22 yoshli futbolchi o‘tgan yil yozida "qizil iblislar" tarkibini to‘ldirishi mumkin edi, biroq yakunda uning transferi amalga oshmay qoldi.
Eslatib o‘tamiz, qishgi davralar orasida MYu "Sporting" xavbeki Bruno Fernandesh bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, klub "Lester" vingeri Jeyms Meddison va "Aston Villa" futbolchisi Jek Grilish atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Fikrlar