
MYu yozda De Xea uchun takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea yozda "qizil iblislar" safini tark etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum avvalida ispaniyalik darvozabon mankunianliklar bilan 2023 yilgacha mo‘ljallagan shartnomaga imzo chekkan va kelajagi borasidagi turli mish-mishlarga nuqta qo‘ygan edi.
Ammo jamoani Eshli Yang tark etganidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher sardorlik bog‘ichini De Xeaga emas, balki Xarri Maguayrga ishonib topshirgan edi.
Endi esa norvegiyalik mutahassis jamoada birinchi raqamni Serxio Romero yoki Din Xendersonga berishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar