
MYu yulduzi bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqchi
“Manchester Yunayted”ni yangi etachisiga aylanib ulgurgan Brunu Fernandesh Evropa Ligasining yarim finalida “Sevilya”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvdan oldin o‘z maqsadlarini aytib o‘tdi.
- Eng muhimi - psixologik tomondan kuchli bo‘lish va ishtiyoqni saqlab qolish. Har bir uchrashuv so‘nggisi bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Yoki yutamiz, yo ketamiz.
“Sevilya”da qarshi o‘tadigan uchrashuvning dastlabki daqiqalari juda muhim. Kuchliroq o‘ynashimiz kera bo‘ladi. Men turnir bosh sovrini qo‘lga kiritish bilan birga to‘purarlar bahsida ham zafar quchmoqchiman, - dedi Brunu Fernandesh.
25 yoshli futbolchi bu turnirda ettita gol bilan to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar