
MYu "Yuventus" himoyachisi uchun 80 mln evro taklif qilmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Aleks Sandro "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Eurosport tarqatgan xabarga ko‘ra mankuanliklar braziliyalik futbolchi uchun “keksa sinora”ga 80 mln evro taklif qilishga tayyor. Bundan tashqari MYu rahbariyati Sandroning o‘ziga Turin super klubi to‘layotgan maoshdan ikki barobar ko‘p maosh to‘lamoqchi.
Ma’lumot uchun, ayni damda Sandroning “Yuventus”dagi haftalik maoshi 163 ming evroni tashkil etadi.
Fikrlar