
MYuda Sanchoning alternativi tayyor
"Manchester Yunayted" rahbariyati yozda hujumkor yarim himoyachi xaridi bo‘yicha ish olib borishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Qizil iblislar"ning asosiy nishoni "Borussiya Dortmund" xavbeki Jeydon Sanchoning transfer bahosi yuqori bo‘lganligi uchun klub zaxira variantlarini topib qo‘ygan.
Sport.es nashri ma’lumotiga ko‘ra, agar Sanchoning transferi bo‘yicha "asalarilar" bilan kelishuv amalga oshmasa, unda MYu "Vulverxempton" yarim himoyachisi Adama Traoreni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Ushbu futbolchi mankunianliklar uchun 80 million evroga tushishi mumkin.
Ikkinchi alternativ esa "Real" xavbeki Xames Rodriges. "Qaymoqranglilar" murabbiylar shtabi bilan kelisha olmayotgan kolumbiyalik futbolchining transferi 25 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar