
MYuda yana 200 nafar xodim ishdan chetlatiladi
"Manchester Yunayted" rahbarlari xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
"The Telegraph" nashrining xabar berishicha, yaqin kelajakda klubdan yana taxminan 200 nafar xodim ishdan bo‘shatiladi. Avvalroq, klub 250 ga yaqin xodim bilan xayrlashgan edi.
INEOS kompaniyasining harakatlari tanqidga sabab bo‘lmoqda - Evropa Ligasi finalida "Manchester Yunayted"ning Jim Retkliff boshchiligidagi egalari hatto klub xodimlari tomonidan ham hushtaklar ostida qarshi olindi. Yaqinda Retkliff intervyusida, agar uning kompaniyasi chora ko‘rmaganida, "Manchester Yunayted" o‘tgan Rojdestvogacha bankrotga uchragan bo‘lishini ta’kidlagan edi.
Ma’lumot uchun, "Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi va jamoa kelgusi mavsumda evrokuboklarda qatnashmaydi.
Fikrlar