Myuller "Bavariya" bilan yozgacha shartnoma imzolamoqchi emas

"Bavariya" forvardi Tomas Myuller yomyunxenliklar bilan shartnomani davom ettirish haqida savollarga javob berib o‘tdi.

"Men mavsumni mavaffaqiyatli o‘tkazishga bor diqqat-e’tiborimni qaratmoqchiman. Yozda rahbariyat bilan bu mavzu bo‘yicha gaplashib olamiz.

Hozirgi holatmizda barcha uchun eng ma’qul echimni taklif qabul qilishimiz kerak", - deya aytib o‘tdi Myuller.

Ma’lumot uchun Myullerning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!