Myuller "Bavariya"dan ketmaydi
Myunxenning "Bavariya" klubi sport direktori Xasan Salixamijich hujumchi Tomas Myullerning qishki transferlar davrida jamoadan ketishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarni inkor etdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Myullerga "Manchester Yunayted" va "Inter" klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Myuller va “Bavariya” o‘rtasidagi munosabatlar juda ajoyib. U jamoamizning muhim qismi bo‘lib qoladi”, - deydi Salixamijich.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli germaniyalik futbolchi joriy mavsum “Bavariya” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar