Myuller EChL finalida kim g‘olib bo‘lishini taxmin qildi

  • 27 may, 2022, 15:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller ertaga bo‘lib o‘tadigan "Liverpul" hamda "Real" jamoalari o‘rtasidagi chempionlar ligasi finali borasida o‘z taxminini bildirib o‘tdi. 

"Ayni paytda "Liverpul" kuchlidek ko‘rinmoqda. Biroq "Real"ning chempionatda va chempionlar ligasida nimalar qilib tashlaganini hisobga olsak, Madrid klubi ham osonlikcha yutqazib beradiganga o‘xshamaydi. 

Shunday ekan, mening taxminim bo‘yicha uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etiladi. Penaltilar seriyasida esa omad ingliz klubi tarafida bo‘ladi", - dedi germaniyalik hujumkor yarim himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, chempionlar ligasi finali doirasidagi "Liverpul" - "Real" bahsini ertaga 23:50 dan boshlab tomosha qilishingiz mumkin. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!