Myuller Tokio Olimpiadasida ishtirok etmoqchi
“Bavariya” klubi forvardi Tomas Myuller yozda Tokio maydonlarida o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarida Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilishi mumkin.
Germaniya U21 terma jamoasi bosh murabbiyi Stefan Kunts 30 yoshli futbolchini musobaqaning yakuniy qaydnomasiga kiritmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa reglamentiga ko‘ra har bir terma jamoa 23 yoshdan katta bo‘lgan 3 ta futbolchini qaydnomaga kiritish huquqiga ega.
Fikrlar