
MYuning kelajagi kimning qo‘lida?
Manchesterliklarning sobiq hujumchisi Duayt York Sulsher shogirdlaridan Meyson Grinvudning imkoniyatlariga yuqori baho berdi.
- “Manchester Yunayted”da doimo yoshlarga imkon berishardi. Lekin Lui van Gal va Joze Mourino davrida yoshlarga etarli vaqt berilmagan. Sulsher esa yoshlarga ishonadi. Meyson – himoyachilar uchun dashhat. U o‘ta iqtidorli. Statistikaga qarasak, Markus Reshfordni ortda qoldirmoqda. Meyson 18 yoshdi va Sulsher uni to‘g‘ri yo‘lga sola oladi, - dedi Duayt York.
Grinvud joriy mavsumda jami 44 ta o‘yinda 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar