MYuning sobiq sardori ustidan sud hukmi o‘qildi

  • 19 avgust, 2020, 12:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”dagi o‘yinlari bilan mashhur bo‘lgan Rio Ferdinand sud hukmi bilan haydovchilik guvohnomasidan yarim yilga mahrum etildi.

Ferdinandning o‘zi Mercedes mashinasida soatiga 85 mil tezlikda harakatlanganini tan olgan. Endi ma’lum muddat mashina boshqara olmaydi. Shuningdek, mashhur futbolchi ming funtga yaqin jarima va sud xarajatlarini to‘lab beradi.

Rio Ferdinand futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan edi. Hozir u televidenieda futbol eksperti sifatida ishlamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!