MYuning yana bir futbolchisi Mourino sabab jamoadan ketmoqchi

  • 15 dekabr, 2018, 10:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning yana bir futbolchisi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan yuzaga kelgan mojaro sabab jamoadan ketmoqchi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ekvadorlik himoyachi Antonio Valensiyaning ham portugaliyalik mutaxassis bilan munosabatlari buzilgan va shu sababli ham jamoada qolmoqchi emas. Ma’lumotlarga qaraganda 33 yoshli futbolchi MYu rahbariyatidan yanvarda o‘zini transferga qo‘yishlarini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Valensiya joriy mavsum 7ta o‘yinda maydonga tushgan. Uning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi esa joriy mavsum yakunida o‘z yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!