
Nacho APLga yo‘l oladi
"Real"ning ispaniyalik himoyachisi Nacho Fernandes tez orada klubini o‘zgartirib, tumanli Albionga o‘tishi mumkin.
Defensa Central xabariga ko‘ra, 32 yoshli ispaniyalik futbolchi "qirollik klubi" bilan yangi shartnoma bo‘yicha barcha muzokaralarni to‘xtatgan. Yanvar oyidayoq Nacho Xulen Lopetegi boshqaruvidagi "Vulverxempton" lageriga o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, himoyachining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar tuzilgan. Joriy mavsum Nacho "qaymoqranglilar" safida Ispaniya chempionatida bor yo‘g‘i 7 ta o‘yin o‘tkazdi. U ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlaydi, biroq madridliklar rahbariyati unga ortiqcha imkoniyat bermoqchi emas.
Fikrlar