
Nacho "Real" bilan La Ligadagi 200-uchrashuvini o‘tkazdi
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Nacho Fernandes "Atletiko" Madridga qarshi yubiley o‘yinini o‘tkazdi.
33 yoshli futbolchi uchun mazkur bahs La Ligadagi 200-uchrashuv bo‘ldi. Nacho eng ko‘p o‘yinni Zinedin Zidan murabbiyligida 99 ta, Karlo Anchelotti davrida 68 ta, Joze Mourino qo‘l ostida 11 ta, Rafael Benites boshqargan paytda 8 ta va Xulen Lopetegi va Santyago Solari qo‘l ostida 7 tadan o‘yin o‘tkazgan.
Nacho butun professional faoliyati davomida "qirollik klubi" sharafini himoya qildi. U 2012 yilda asosiy jamoa safiga qo‘shilgan. Hammasi bo‘lib, u Madridda barcha turnirlarda 300 dan ortiq bahs o‘tkazgan.
Fikrlar