
Nacho va Anchelotti o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi
"Real" himoyachisi hamda sardori Nacho Fernandes va jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o‘rtasiga sovuqchilik tushdi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi "Sevilya" bilan uchrashuvning ikkinchi bo‘limda almashtirilgani uchun Karlodan norozi bo‘ldi. Qayd etilishicha, Nacho Anchelottiga to‘liq ishonmay qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, La Liganing 26-turidan o‘rin olgan “Real” – “Sevilya” uchrashuvi "qaymoqranglilar"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Joriy mavsumda 34 yoshli Nacho barcha turnirlarda 29ta uchrashuvda qatnashdi.
Fikrlar