Nagelsmann: Unga bas kelishning iloji yo‘q

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Chempionlar Ligasi chorak final bosqichida “Atletiko”ning mag‘lub etilishida “buqalar” himoyachisi Dayo Upamekanoning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Garchi, Neymar haftaning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan bo‘lsa-da, 21 yoshli fulbek bu nomga ko‘proq loyiqdek edi.

“RB Leyptsig” ustozi Yulian Nagelsmann shogirdi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: “U o‘yinning boshidan to oxirgi daqiqalariga qadar yirtqichdek harakat qiladi. Doim diqqat bilan o‘ynaydi va aqlini ishga soladi. Dayo bu bahsda ham maksimal o‘yin namoyish etdi. Unga bas kelishning iloji yo‘q”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!