
Nagelsmannni APLda ko‘rishimiz mumkin
Yulian Nagelsmann yozda Premer-liga klubiga taklif qilinishi mumkin.
"Nyukasl" Germaniya terma jamoasi murabbiyiga qiziqish bildirmoqda. Insayder Kristian Falk xabariga ko‘ra, ingliz klubi yozda 36 yoshli nemis nomzodini ko‘rib chiqishga tayyor.
Nagelsmanning o‘zi hali kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. Ma’lum bo‘lishicha, Yulian Nagelsmann va Fabian Sherning manfaatlari bir agenltik tomonidan himoya qilinadi.
Mutaxassisning Germaniya terma jamoasi bilan shartnomasi "Evro-2024"dan so‘ng yakunlanadi.
Fikrlar