Namangan viloyati hokimi "Bunyodkor"ga qarshi o‘yini oldidan "Navbahor" futbolchilariga motivatsiya berdi (Foto)

  • 05.07.2020 23:48
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, “Navbahor” Coca Cola Superliga 8-turi doirasida 7 iyul kuni safarda “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushadi. Jamoa a’zolari mazkur bahsga tayyorgarlik doirasidagi so‘nggi tayyorgarlikni bugun kechki payt “Markaziy” o‘yingoh maydonida olib borishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Lochinlar” mashg‘ulot o‘tkazishayotgan paytda o‘yingohga Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov va “Navbahor” PFK vitse-prezidenti Oybek Samatov tashrif buyurib, mashg‘ulotni kuzatishdi hamda maydon chimini ko‘zdan kechirishdi.

photo_2020-07-05_23-06-35

Mashg‘ulot yakuniga etgach, hokim jamoa a’zolari bilan maydonning o‘zida kichik yig‘ilish o‘tkazib, “Navbahor” Coca Cola Superliganing restartdan keyingi bahslarini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazayotganligi, futbolchilar shunday ruhda o‘ynashda davom etishlari lozimligi, jamoa joriy mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatini ishga solishi, “Navbahor” uchun barcha sharoitlarni yaratib berishini ta’kidlab, “lochinlar”ga “Bunyodkor”ga qarshi kechadigan o‘yinda ham omad yor bo‘lishi, Namanganga g‘alaba bilan qaytishlarini tiladi.

photo_2020-07-05_23-07-31

O‘z navbatida “Navbahor” PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar jamoaga yaratilayotgan sharoitlar uchun Xayrullo Bozorovga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, “Bunyodkor” bilan bo‘ladigan bahsda zafar quchish, shuningdek, OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishlarini aytishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustamov Dilmurod
07/07/2020 16:25
Xayrulla Xayitboyivich martabangiz bundanham ulugʻ boʻlsin Namangan muxlislari bahtiga doimo boshimizda bosh buling