
Namanganga yangi legionerlarning tashrifi boshlandi
Xabar berganimizdek, Namanganning “Navbahor” klubi futbolchilari yangi mavsumga tayyorgarlikni 10 yanvar kuni boshlashadi.
“Lochinlar”ning rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan o‘tkaziladigan bugundan boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida 30 nafarga yaqin mahalliy hamda 10 nafardan ortiq xorijlik futbolchilar ko‘rikdan o‘tishadi.
Kecha Namanganga jamoamiz sardori Igor Golban ham etib keldi.
Shuningdek, ko‘rikdan o‘tadigan xorijlik futbolchilar ham kechadan boshlab, jamoa ixtiyoriga etib kelishdi.
Rossiyalik o‘yinchilar – Artyom Sherbak, Aleksey Kurilov va Stanislav Efimov, xorvatiyalik Vilim Posinkovich, kamerunlik Mbassi Emmanuel Rikardo shular jumlasidan.
Qolgan legionerlarning jamoa ixtiyoriga bugun etib kelishlari kutilmoqda.
Manba: “Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar