Namanganlik bolalar futbol murabbiylari "Navbahor" mashg‘ulotlariga tashrif buyurishdi

  • 17 may, 2019, 12:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
So‘nggi paytlarda akademiyalar va sport maktablarida faoliyat olib borayotgan murabbiylar uchun malakali mutaxassislar ishtirokida turli master klasslar tashkil qilinyapti. 
 
Namangan viloyatidagi bolalar futbol murabbiylari va tarbiyalanuvchilari "Navbahor" jamoasining mashg‘ulotlariga tashrif buyurishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Ular tajribali murabbiy Andrey Kanchelskis tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotni kuzatib, tahlil qilishdi. Mashg‘ulot olib borish jarayonida ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan jihatlar, mashg‘ulot uslublari, tiklanish jarayoni haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!