Nani "Aktobe"ga o'tgani haqida: "Bu loyihaning bir qismi bo'lganimdan xursandman"
O‘z mamlakati terma jamoasi va "Manchester Yunayted"da o‘ynagan taniqli portugaliyalik yarim himoyachi Luish Nani Qozog‘istondan "Aktobe"ga o‘tgani haqida fikr bildirdi.
"Ushbu loyihaning bir qismi bo‘lganimdan xursandman, hamma menga iliq munosabatda bo‘ldi. Qo‘limdagi bor eng yaxshi narsani bermoqchiman. Taklif uchun klub, shahar rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman", - deya 39 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Vesti.kz.
Avvalroq, Nanining Qozog‘iston klubi bilan mehnat shartnomasi bir mavsumga mo‘ljallangani xabar qilingan edi.
Portugaliyalik futbolchi 2007-2015 yillarda "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan. "Qizil iblislar" bilan birga yarim himoyachi APL va Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar