Nani: "MYu shu futbolchilar bilan birga eski darajasiga chiqib olishiga ishonaman"
Sobiq "Manchester Yunayted" futbolchisi Nani jamoadagi hozirgi holat haqida fikr bildirdi. Portugaliyalikning so‘zlariga ko‘ra, klubning mentaliteti uning davridan ancha o‘zgargan.
"Menimcha, bugun MYuda o‘ynashga o‘rganmagan futbolchilar ko‘paygan. Ilgarigi paytlarda bir-ikkita futbolchi almashganida, ular jamoadagi boshqalarga moslashardi. Hozir esa deyarli butun tarkib yangilangan va ular klub mentalitetini yaxshi bilmaydi.
Shu sababdan, klubning ruhini his qilish, muxlislar qanday o‘ylaydi — shularni anglash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Ular MYu uchun o‘ynash nima ekanini tushunishadimi-yo‘qmi, bilmayman. Menimcha, shu narsa so‘nggi muvaffaqiyatsizliklarning sababi bo‘ldi.
Lekin hozir klubda yangi avlod shakllanmoqda, yangi muhit yaratilyapti va men ishonamanki, shu o‘zgarishlar orqali "Manchester Yunayted" yana muvaffaqiyat qozonadi", — deya ta’rif berib o‘tdi sobiq portugaliyalik futbolchi.
Fikrlar