
Nani Turkiya chempionatini tark etadi
Luish Nani yana erkin agentga aylanmoqda. Mavsum boshida Turkiyaning "Adana Demirspor" klubi bilan shartnoma imzolagan futbolchi jamoani tark etishga qaror qildi. Aniqrog‘i, tomonlar bitimni bekor qilishga kelishib olishgan.
37 yoshli vinger so‘nggi 2 yil ichida 3 ta klub almashtirdi. Uning keyingi manzili esa hozircha aniq emas. 37 yoshli portugaliyalik oldida bir nechta variantlar ham borga o‘xshamaydi.
Faoliyati davomida "Sporting" va "Manchester Yunayted"da "porlagan" Nani bugungi kunga kelib, keraksiz o‘yinchiga aylanib qoldi. U oxirgi paytlar bitta jamoada bir mavsumdan ko‘p qola olmayapti.
Fikrlar