Naoya Inoue bu yil yana uchta jang o‘tkazmoqchi. Bo‘lajak raqiblar orasida Murodjon Ahmadaliev ham bormi?

  • 4 fevral, 17:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
BEPUL PROPAN

31 yoshli jahon chempioni Naoya Inoue joriy yilning iyun va sentyabr oylarida ringga chiqishni rejalashtirgan. 

"The Ring" xabariga ko‘ra, yaponiyalik bokschining navbatdagi jangi 24 yoshli meksikalik Alan Pikassoga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Agar Naoya g‘alaba qozonsa, sentyabrda o‘z vatani - Yaponiyada hozircha nomi ma’lum qilinmagan raqibga qarshi to‘qnash keladi. Hammasi yaxshi kechsa, Inoue dekabr oyida yana ringga qaytadi.

Dekabrdagi raqibi esa WBA ning vaqtinchalik chempioni Murodjon Ahmadaliev bo‘lishi mumkin, deb yozdi "The Ring". Bunga etarlicha asoslar bor. Chunki avvalroq, Turki Al ash-Shayx Inoue va Ahmadaliev o‘rtasida jang tashkil qilmoqchiligini xabar bergandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
04/02/2025 19:22
япон куркаяпди