"Napoli" A Seriyada so‘nggi 11 yildagi eng yaxshi natijani qayd etdi

  • 5 fevral, 2018, 10:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Napoli” A Seriyaning 23-turida musobaqa autsayderi hisoblangan “Benevento”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z peshqadamligini yanada mustahkamladi.

Tecno

E’tiborlisi, neapolliklar so‘nggi 11 yilda A Seriyaning 23ta turidan so‘ng 60 ochkodan kam jamg‘armagan birinchi jamoa bo‘lishdi. Aniqrog‘i, so‘nggi marta Milanning “Inter” klubi 2006/07 yilgi mavsumda dastlabki 23 turda 63 ochko to‘plagan va yakunda skudettoni qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, ayni damda hisobida 60 ochko bo‘lgan “Napoli” o‘zining eng yaqin ta’qibchisi hisoblangan “Yuventus”ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!