
“Napoli” bilan shartnomani yangilagan Osimxen endi “Chelsi”ga o‘tmoqchi
O‘tgan mavsumda o‘z gollari bilan “Napoli”ning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Viktor Osimxen yaqinda neapolliklar bilan shartnomasini 2026 yilning yozigacha uzaytirgan edi.
Klub rahbariyati nigeriyalik forvardga xaridor ko‘payib ketganini inobatga olgan holda uning yangi shartnomasiga 130 million evro badal puli ko‘rsatilgan bandni ham qo‘shdi.
Osimxen ijtimoiy tarmoqlarda muxlislari bilan muloqotda ularning “Chelsi”ga o‘tish haqidagi taklifiga ijobiy javob qaytardi.
24 yoshli futbolchi yaqin kelajakda “Chelsi”dan taklif bo‘lishi va bu transfer amalga oshishidan umidvor ekanini bildirgan.
Fikrlar