"Napoli" Kavaniga ortga qaytishni taklif qildi

  • 16 iyun, 2020, 22:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan hujumchi Edinson Kavani jamoani tark etadi. Buni parijliklar sport direktori Leonardo ham tasdiqlagan.

Tecno

33 yoshli urugvaylik futbolchi uchun asosiy da’vogarlar “Atletiko” va “Inter” hisoblanadi. Ammo, Le10Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, Edinsonga sobiq jamoasi – “Napoli” ham xaridor bo‘lmoqda. Neapolliklar unga yana klubga qaytishni taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kavani “Napoli” safida 2011-2013 yillarda to‘p surgan va shundan so‘ng PSJga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!