"Napoli" kutilmaganda o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi
A Seriya 17-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Empoli" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur bahsda neapolliklar raqibga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvning 70-daqiqasida Patrik Kutonening urgan goli bellashuv taqdirini hal qildi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng "Napoli" hisobidagi 36 ochko o‘zgarmay qoldi va ular 4-o‘ringa tushib ketdi. 26 ochko to‘plagan "Empoli" esa 7-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar