"Napoli" Osimxen bo‘yicha "Liverpul"ga shart qo‘ygan edi. Biroq...

  • 25 iyun, 18:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Napoli" klubi Viktor Osimxenning transferi bo‘yicha ulkan talab bilan chiqdi. 

Tecno

"Topskills Sports" nashrining xabariga ko‘ra, neapolliklar "Liverpul"dan bir vaqtning o‘zida ikki futbolchi — Darvin Nunes va Federiko Kezani, shuningdek, 20 million evro kompensatsiya talab qilgan.

Biroq, manbaning ta’kidlashicha, mersesaydliklar bu talabni o‘ylab o‘tirmay rad etgan. Angliyaliklarning fikricha, hatto faqatgina Nunesning o‘zi Osimxen transferiga teng keladi va bundan ortiq qo‘shimcha berish niyatida emaslar.

Shu bilan birga, "Liverpul" klubi Viktorning shartnomasidagi 75 million evroga teng bo‘lgan to‘lovni amalga oshirishga ham tayyor emas. Bu summa uning kelishuvida joriy qilingan mafkuraviy chiqib ketish to‘lovi hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli nigeriyalik forvard o‘tgan mavsum Galatasaray tarkibida 41 ta uchrashuvda ishtirok etib, 37 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Urugvaylik hujumchi esa 47 ta bellashuvda maydonga tushib, 7 ta gol hamda, 7 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!