“Napoli”: Osimxen o‘rniga uch yulduz

  • 11 oktabr, 2023, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempioni “Napoli” va jamoa to‘purari Viktor Osimxen munosabatlari buzilgani o‘yinchining boshqa klubga o‘tishi bilan yakunlanishi mumkin.

Calciomercato nashrining yozishicha, neapolliklar nigeriyalik hujumchining ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub mutasaddilari Osimxenning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan uch nafar forvardni nishonga oldi.

Manbaga ko‘ra, “Napoli” xo‘jayinlari Gabriel Jezus (“Arsenal”), Alvaro Morata (“Atletiko”) va Jonatan Devid (“Lill”) kabi to‘purarlar bilan muzokara boshlashga tayyorlanyapti.

26 yoshli Jezusni olish uchun italiyalik 75 million evro sarflashi kerak. 13 yoshli Devidning transfer summasi 60 million evroga baholangan. 30 yoshli Moratani oladigan klub 20 million evro atrofida xarajat qilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!