
“Napoli”: Osimxenni o‘rniga zo‘r to‘purar topildi
“Napoli” rahbariyati jamoa to‘purar Viktor Osimxen bilan xayrlashishga tayyor. Aslida neapolliklar nigeriyalik forvardga yangi shartnoma taklif qilmoqda.
Agarda Osimxen uni qabul qilmasa ham, “Napoli” yutqazmaydi. Yozda o‘yinchini katta summaga sotib yuboradi.
Osimxenga Angliya grandlari qiziqmoqda. Ular 24 yoshli futbolchi uchun 140-150 million evro berishga tayyor. “Napoli” xo‘jayini 200 million evro atrofida pul olmoqchi.
A Seriya chempioni hozirning o‘zidan Osimxenga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi. Agar Viktor ketadigan bo‘lsa, o‘rniga “Lill”dan Jonatan Devid transfer qilinadi. 23 yoshli futbolchi 60 million evroga baholanmoqda.
Qizig‘i shundaki, “Napoli” Viktor Osimxenni ham “Lill”dan sotib olgan edi. O‘shanda frantsuzlarga 75 million evro to‘langan.
Fikrlar