
"Napoli" o‘z safiga "Barselona"ning sobiq futbolchisini qo‘shib oladi
Ispaniyalik vinger Jerar Delofeu joriy transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, hujumkor yarim himoyachi "Udineze"dan "Napoli"ga ko‘chib o‘tadi. Klublar allaqachon bu borada kelishuvga erishgan. Transfer uchun tovon puli 20 million evroni tashkil qilishi aytilmoqda. Jerarning neapolliklar safidagi maoshi yiliga 2,5 mln evroni tashkil etadi.
Delofeu o‘tgan mavsum Italiya A Seriyasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar