
"Napoli" raqibni tor-mor etdi, "Latsio" esa ochko yo‘qotdi
A Seriya 5-turidan o‘rin olgan "Napoli" - "Sampdoriya" o‘yini yakuniga etdi. Ushbu uchrashuvda neapolliklar raqibni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Mazkur bahsda Osimxen dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Fabian Ruis va Zelinsiykiy o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, "Latsio" bu turda Turinga safar qildi va "Torino" bilan o‘yinda 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
76-daqiqada Pyatsa turinliklarni oldinga olib chiqdi. 90+1 daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Immobile jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Fikrlar