"Napoli"ni yana bir futbolchi tark etdi
"Napoli" klubi himoyachisi Vlad Kirikesh faoliyatini "Sassuolo" klubida davom ettiradi.
"Sassuolo" 29 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ruminiyalik futbolchining transferi 10 mln evroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Kirikesh 2015 yildan buyon "Napoli"da to‘p suradi. U o‘tgan mavsumda, A Seriyaning 3 ta bahsida maydonga tushgan.

Fikrlar