
"Napoli"ning yangi mavsumdagi asosiy maqsadi nima?
“Napoli” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoaning kelajakdagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Yangi mavsumdagi bosh maqsadimiz – Chempionlar ligasiga qaytish. Keyingi mavsumda o‘zimdan emas, futbolchilardan ko‘p narsa kutaman. Jamoaga nima bera olishimni bilaman, ammo endi o‘zgarib, yaxshiroq bo‘lishim, ko‘p ishlashim kerak. Biz bilamizki, Chempionlar Ligasiga yo‘l olish oson bo‘lmaydi, ammo bunga intilishimiz lozim. Biz shu maqsad bilan ishlaymiz”, - deydi italiyalik mutaxassis.
“Napoli” yakunlangan mavsum A Seriyada 7-o‘rinni egalladi. Endi ular yangi mavsumda Evropa ligasida to‘p suradi.
Fikrlar