Narxi qancha medalni ayting? Yoxud jahon chempionligini 1200 dollarga sotib yuborgan "narkoman" haqida

  • 24 may, 2020, 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Inson hayoti turli sabablarga ko‘ra butkul o‘zgarib ketishi mumkin. Giyohvandlikka ruju qo‘yish ham shular jumlasidandir.

Tecno

1

Braziliyaning “San-Paulu” klubi sobiq himoyachisi Flavio Donizete klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan medalini giyohvand modda xarid qilish uchun sotib yuborganini tan oldi.

“San-Paulu” 2005 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida “Liverpul”ni mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Donizete esa o‘sha uchrashuvda zaxirada qolgandi.

4_1

Donizete shunday deydi:

- Giyohvand modda xarid qilish uchun klublar o‘rtasidagi jahon chempionligi medalini sotib yuborganman. 7 ming realga sotganman (hozirgi kurs bo‘yicha 1265 dollar). Agar uning asl narxi qancha ekanini bilganimda, qimmatroqqa sotgan bo‘lardim. Aldashdan ma’no yo‘q.

Amakivachcham medalni sotishimni so‘rab xabar yozdi va men bunga rozi bo‘ldim. Oradan bir hafta o‘tgach medalni 3 ming real evaziga sotib oladigan xaridor borligini aytdi. Men “Pul naqdmi? Men medalni beraman, ammo u pul beradimi?”, deb so‘radim. Ular menga “ha” deb javob berishdi va shundan so‘ng medalni berdim. Akam keldi va pulni berdi, men esa unga medalni topshirdim. Ammo, keyinroq ma’lum bo‘ldiki, u medalni 7 ming realga sotgan ekan. Akam buning uchun mendan uzr so‘radi. U o‘sha paytda qanday holatda bo‘lganini bilmagan.

2_2

Men giyohvand moddani ko‘chada qabul qilmasdim. Ko‘chaga chiqardim, sotib olgach, yana uyga qaytardim. Dastlab, giyohvand moddani benzin quyish shahobchasida iste’mol qildim, keyin esa faqat uyda qabul qiladigan bo‘ldim. Bir kun uyimni 20 marta tozalabman (kuladi). Hammasi shu giyohvand moddalar tufayli. Men aqldan ozgan edim.

Medalning pulini olganimda, deyarli hammasini kokain sotib olishga sarflagan edim. Dastlab 1000 realga xarid qilganman va 2 kunda iste’mol qilib tugatganman. Hatto, yurak xurujiga ham uchradim.
Qancha ko‘p pulim bo‘lsa, shuncha ko‘p narkotik xohlardim. Kokain bilan tanishganimdan so‘ng, qolgan barcha narsani unutdim.

5_2

Dastlab oz miqdorda qabul qildim. Kokain hayotimdagi asosiy narsaga aylangach, men bor-budimdan ayrila boshladim. Hamma pullarimni giyohvand moddaga sarfladim. Men dozasiz qolishga o‘zimda kuch topolmadim. Ertalab, kunduzi va kechasi kokain qabul qilishim kerak edi. Men xotinim, bolalarim va oilamdan tashqari hamma narsani yo‘qotdim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!