"Nasaf" - "Lokomotiv" bahsini boshqarib boradigan hakam nomi ma’lum
Amaldagi chempion - "Lokomotiv" bu tur Qarshida "Nasaf" mehmoni bo‘ladi. SPORTS.uz internet nashriga ma’lum bo‘lishicha, 19:00 da boshlanadigan mazkur bellashuvni Asker Najafaliev boshliq hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Ma’lumot uchun, mazkur jamoalar milliy chempionat doirasida shu vaqtga qadar 28 bor to‘qnash kelgan. Shularning 14 tasida "ajdarlar" zafar quchishgan. "Temiryo‘lchilar" hisobida esa 9 ta g‘alaba mavjud. Qolgan 5 uchrashuvda kuchlar teng kelgan.

Fikrlar