"Nasaf" 18 fevraldan Toshkentda yig‘in boshlaydi, 2 ta sparring-raqib ham ma’lum

  • 15 fevral, 2021, 20:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval, Qarshining "Nasaf" klubi o‘rtoqlik uchrashuvida G‘uzorning "Sho‘rtan" klubini 2:0 hisobida taslim etganini xabar qilgandik. Klub matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, "ajdarlar" 18 fevraldan Toshkent shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi:

Tecno

"Vakillarimiz yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 18 fevral kuni Toshkentga jo‘nab ketadi. «Ajdarlar» poytaxtda ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bellashuvlar 19 fevral kuni Andijonning «Andijon», 22 fevral kuni esa Termizning «Surxon» jamoalariga qarshi bo‘lib o‘tadi", - deyiladi rasmiy "Telegram" sahifada berilgan xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!