
"Nasaf" bugun OFK Kubogidagi yurishini boshlaydi. Raqib - Qirg‘iziston Kubogi sohibi
Bugundan Qarshining "Nasaf" jamoasi OFK Kubogi guruh bosqichi bahslariga kirishadi. Ushbu turnirda 10 yillik tanaffusdan so‘ng, restart oladigan qarshiliklarga Qirg‘izistonning "Oloy" klubi raqiblik qiladi.
O‘sh jamoasi o‘tgan mavsum mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan holda, OFK Kubogiga yo‘llanma oldi.
Dushanbe shahrining "Pomir" stadionida kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar