“Nasaf” futbolchisi Marko Stanoevich jahon darajasidagi qaysi futbolchi bilan to‘p tepganini bilasizmi?

  • 8 oktabr, 2022, 00:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda "Blogbaster" "Youtube" kanali a’zolari Qarshida bo‘lib, futbolchi Ivan Solovev bilan intervyu uyushtirdi. Suhbat chog‘ida jurnalist “Nasaf”ning serbiyalik legionerini ham savolga tutdi.

—Siz “Tsrvena Zvezda” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanasiz. Aytingchi, o‘tmishda jahon darajasidagi futbolchilar bilan yo‘lingiz kesishganmi?

—Albatta, bunday futbolchilar ko‘p bo‘lgan. Ular orasida eng mashhuri — Nemanya Matich. Menimcha, uni hamma yaxshi taniydi. Shu bois, ortiqcha  tanishtirishning hojati yo‘q. Shuningdek, “Olimpiakos” va “Verona” kabi klublar sharafini himoya qilgan Yagosh Vukovich ham bor. Ularning ikkisi ham Serbiya terma jamoasida o‘ynagan. Ushbu futbolchilar bilan ma’lum bir vaqt davomida birga shug‘ullanganmiz. Matichni ilk bor ko‘rganimda juda ozg‘in edi. O‘yinga chiqqanida, oyog‘idan getrasi tushib ketardi. Bu ajoyib damlar. Keyinchalik, ular o‘z o‘yinlarini topishdi va jahon darajasidagi futbolchilarga aylanishdi.

—Qarshi va O‘zbekiston haqida birinchi marta eshitganingizda qanday fikrga kelgansiz?

—Qarshi shahri yoki “Nasaf” haqida deyarli hamma narsani bilar edim. Ko‘pch legioner futbolchilar shahar haqida yomon gap eshitib, taklifni rad etishadi. Bu — xato. Agar qaysidir klub menga taklif jo‘natsa, uni o‘rganib chiqaman va ma’qul kelsa, taklifni mamnuniyat bilan qabul qilaman. “Nasaf”dan ham yaxshi taklif olganman. Ayni paytda bunday qarorga kelganimdan afsuslanmayman. Bu erda jonkuyar muxlislar, ajoyib shart-sharoit va jahon darajasidagi stadion bor. Qarshida ba’zi ahamiyatsiz narsalardan bezovta bo‘lmasdan, faqat futbol haqida o‘ylash mumkin. Bu narsalar men kabi futbolchilarni to‘liq qanoatlantiradi deb o‘ylayman

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!