
"Nasaf" futbolchisi OChLning eng yaxshi yarim himoyachilari qatorida!
"Nasaf" yarim himoyachisi Marko Stanoevich OChL guruh bosqiching eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri deb topildi.
OFK OChL-2022 guruh bosqichida o‘z chizig‘ida eng yaxshi harakat qilgan futbolchilarni e’tirof etmoqda. Marko guruh bosqichida 6 o‘yinda 3 ta gol urdi, 10 ta xavfli vaziyat yaratdi va 47 ta pozitsion kurashda raqiblaridan ustun keldi.
Stanoevich bilan birgalikda Salmon Al Faraj ("Al-Hilol"), Kleyton ("Kitchi"), Navaf Al Abd ("Al-Shabab"), Bruno Lamas ("Tegu"), Axmed Jaxux ("Mumbay Siti"), Yusuke Matsuo ("Urava Red Daymonds"), Patompxon Charoenrattanapirom ("Patxum Yunayted") kabi futbolchilar eng yaxshi yarim himoyachilar guruhidan o‘rin olishgan.
Bundan san oldinroq Husniddin Aliqulov ham OChL guruh bosqiching eng yaxshi himoyachilaridan biri deb topilgan edi.
Fikrlar