
"Nasaf" hali ham etakchilari bilan shartnomalarni yangilamadi
Xabaringiz bor, 2024 yilgi mavsumda "Nasaf" o‘z tarixida ilk bor Superliga chepmionligini qo‘lga kiritdi. "Ajdarlar" tarkibdagi asosiy futbolchilar tarkibda saqlab qolinadimi, yoki ular ketadimi degan savol ko‘pchilik muxlislar uchun qiziq.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, Qarshi klubi liderlarining birortasi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmagan. Jamoaning asosini tashkil etadigan futbolchilar va klub o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Shartnomasi tugagan futbolchilarni deyarli barchasida boshqa klublardan variantlar bor.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum jamoa to‘purari Zoran Marushich "Neftchi"ga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, Marko Stanoevich "Dinamo"ga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar