"Nasaf" ikki nafar yetakchisi bilan xayrlashdi

  • 01.01.2026 22:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Qarshining "Nasaf" safida ham oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, jamoa safini tark etayotganlar ham bor.

Klub matbuot xizmati Sherzod Nasrullaev bilan Javohir Sidiqov "Nasaf"ni tark etganini maʼlum qildi.

“Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, jamoamiz  himoyachisi Sherzod Nasrullaev jamoamiz bilan xayrlashmoqda.

Sherzod “Nasaf” safida toʻp surgan yillari davomida Oʻzbekiston Superligasida ikki marta kumush, ikki marta bronza va bir marta oltin medallarni, shuningdek uch marta Oʻzbekiston Kubogi hamda uch marta Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi.

Eri shilgan barcha ushbu yutuqlardagi hissasi uchun Sherzodga alohida minnatdorchilik bildiramiz va uning keyingi faoliyatida ulkan omad tilaymiz!

"2023 yilda jamoamiz safiga kelib qoʻshilgan Javohir Sidiqov qisqa vaqt ichida klubimiz yutuqlariga munosib hissa qoʻshdi.

Javohirning mehnati va fidoyiligi evaziga jamoamiz muhim sovrinlarni qoʻlga kiritdi. Buning uchun klubimiz hamda muxlislarimiz nomidan unga samimiy minnatdorchilik bildiramiz va futbolchilik faoliyatining keyingi bosqichida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyiladi rasmiy xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!